17 apr 13:18
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-10 o'zgarishciz, Nigina va Sevil yuqoriladi
Unga ko'ra, bu hafta Top-10 reytingida o'zgarish kuzatilmadi. Tennischilar o'tgan haftadagi o'z o'rinlarini saqlab qolishdi. Polshalik Iga Svyontek hamon katta farq bilan reytingda peshqadamlik qilyapti.
Yangilangan haftalik reytingda mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova avvalgi o'rnidan 2 pog'onaga yuqorilab, 184-o'ringa joylashdi. U SHveycariyada o'tgan turnirning ikkinchi davra bahsida mag'lubiyatga uchragan edi. Ikkinchi raketkamiz Sevil Yuldasheva ham 2 pog'onaga ko'tarilib oldi. Milana Maslenkova esa aksincha 8 pog'onaga pastladi.
WTA reytingi. 17 aprel kungi holat
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 8975 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 6891
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 5735
4. (4) Ons Jaber (Tunis) - 5031
5. (5) Karolin Garsiya (Franciya) - 4990
6. (6) Kori Goff (AQSH) - 4346
7. (7) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 4305
8. (8) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3505
9. (9) Mariya Sakkari (Greciya) - 3191
10. (10) Petra Kvitova (CHexiya) - 3162
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
184 (186). Nigina Abduraimova - 364
989 (991). Sevil Yo'ldosheva - 15
1280 (1272). Milana Maslenkova - 4
Fikrlar