12 iyu 19:19
Yangiliklar
WTA reytingi. Top-10`da bir nechta o'zgarish, Nigina 8, Sevil 161 pog'onaga yuqoriladi
"Rolan Garros" turniri yakunlariga qarab yangilangan reytingning Top-10`taligida bir nechta o'zgarish kuzatildi. Franciya Ochiq chempionati g'olibasiga aylangan polshalik Iga Svyontek hamon reytingda peshqadamlik qilyapti. Arina Sobolenko ikkinchi o'rinni saqlab qolgan bo'lsa, qozog'istonlik Elena Ribakina faoliyatida ilk bor 3-o'ringa ko'tarildi.
Yangilangan reytingda mamlakatimizning uchchala etakchi tennischisi ham o'z o'rinlarini birmuncha yaxshilab olishdi. "Rolan Garros" saralashida ishtirok etgan birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova avvalgi o'rnidan 8 pog'onaga yuqorilab, 169-o'ringa joylashdi. Ikkinchi raketkamiz Sevil Yuldasheva 161, Milana Maslenkova esa 11 o'ringa yuqorilashga erishdi.
WTA reytingi. 2023 yil 12 iyun kungi holat
1. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 8940 ochko
2. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 8012
3. (4) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5090
4. (5) Karolin Garsiya (Franciya) - 5025
5. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 4905
6. (7) Ons Jaber (Tunis) - 3961
7. (6) Kori Goff (AQSH) - 3435
8. (8) Mariya Sakkari (Greciya) - 3272
9. (10) Petra Kvitova (CHexiya) - 3102
10. (14) Beatris Xaddad Mayya (Braziliya) - 2910
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
169 (177). Nigina Abduraimova - 404
895 (1056). Sevil Yo'ldosheva - 22
1288 (1299). Milana Maslenkova - 4
Fikrlar