03 iyu 09:35
Yangiliklar
Xabaringiz bormi? Volkanovski Xolloueyni uchinchi jangda ham mag'lub etdi
Birozdan so'ng chempion Israel Adesanya ishtirokidagi markaziy jang boshlanadi. Avvalroq, UFC 276 turnirining Co-main event jangida 33 yoshli Aleksandr Volkanovski o'ziga tegishli bo'lib turgan yarimengil vazn toifasidagi chempionlik kamarini amerikalik 30 yoshli Maks Xolloueydan himoya qildi.
Etiborlisi, bu ikki jangchi o'rtasidagi trilogiya edi. Ular shu kungacha UFC oktagonida ikki bor to'qnash kelishgandi. Ilk jang 2019 yilning dekabr oyida UFC 245 turniri doirasida o'tkazilib, o'shanda Volkanovski ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. 2020 yilning iyul oyidagi UFC 251 turnirida avstraliyalik chempion yana zafar quchdi. Bu safar hakamlardan ikkisi Aleksga, uchinchi referi esa Maksga g'alabani taqdim etgandi.
Bugungi uchinchi jangda katta ustunlikka erishgan Aleksandr Volkanovski 50-45, 50-45, 50-45 hisobida g'alaba qozondi. Bu Aleks faoliyatidagi 24-g'alaba bo'ldi. Hisobida bitta mag'lubiyat bor. Xollouey esa bugun ettinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Qolgan 23 ta jangda qo'li baland kelgan.
Fikrlar