20 okt 09:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: "Agar "stoyka" kerak bo'lsa buni ham qila olaman"
Rossiyalik UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi bo'ladigan jang haqida gapirdi.
"CHempion o'zini nazorat qila olishi lozim. Qalbda har xil tuyg'ular bor.
Getjiga qarshi tayyorgarlik qiyin o'tdi. O'ylaymanki, qancha ko'p mehnat qilsang, g'alaba ham shuncha shirin bo'ladi. Jang qanday scenariy asosida kechishini bilmayman. Balki 25 daqiqa kurash tusharman, agar "stoyka"da jang kerak bo'lsa buni qilishga ham tayyorman. Kurash tushishga ham, "stoyka"dagi jangga ham tayyorman. Bahsni muddatidan oldin tugatmoqchiman. Uni jangni muddatidan oldin tugatishga qanday majbur qilishimni tasavvur qilyapman", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar