08 noy 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: Besh kunni reanimaciyada o'tkazdim
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan oldin jiddiy jarohat olgandi.
Buni Xabibning o'zi so'zlab berdi.
"Dog'iston va Rossiyada meni qo'llab turuvchilar juda ko'pchilikni tashkil etadi. Jangdan avval jiddiy jarohat oldim, men sentyabr oyining o'rtalarida besh kun reanimaciyada bo'ldim. Keyin qaytdim va mashg'ulotlarni davom ettirdim. Biroq bir haftadan so'ng barmog'imni sindirib oldim. Ammo ortga chekinishga va ruhan sinishga haqqim yo'q edi. O'sha vaqtlarda meni qo'llab turganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman",-dedi Xabib.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar