08 avg 18:40
Yangiliklar

Xabib bolaligida Taysonning g'alabalaridan hafa bo'lganligi haqida gapirdi
Bir marotaba amerikalik bokschi tezkor g'alaba qozongani Xabibn hafa qilgan ekan.
"2003 yilning fevralida jang qilganingni eslayman. Bu 18 yil oldin bo'lgandi. Sen Klifford Etten bilan jang qilishing kerak edi. Bahsga bir hafta qolganida rus OAVlari jangingni reklama qila boshlashdi. Ushbu bahs Moskva vaqti bilan ertalab soat 5 da boshlanishi kerak edi. Otamdan meni uyg'otishni so'ragandim. Bu jangni tomosha qilishni juda istagandim. Otam meni uyg'otdi. Sen esa meni hafa qilganding Mayk. Sen Ettenni birinchi raundda nokaut qilganding. Jang boshlanishi bilanoq sen uni uxlatib quyding. O'sha jangni eslayman. Biz otam bilan o'sha jangni jonli efirda tomosha qilgandik", - dedi Xabib Tayson bilan suhbatda.
Fikrlar