07 noy 11:11
Yangiliklar
Xabib Dog'istonda Islam Maxachev nomidagi ko'cha paydo bo'lganiga munosabat bildirdi
Avvalroq Islam Maxachev Dog'istonning o'zi tug'ilib o'sgan Sildi qishlog'ida uning nomi bilan ataladigan ko'cha paydo bo'lganini malum qilgandi. Uning qo'shimcha qilishicha, bu boradagi g'oya Xabibga tegishli.
"Agar shunday bo'lsa, qishloq sizning sarmoyangizni kutmoqda", - deb hazil tariqasida yozdi Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, shu yilning may oyi o'rtalarida UFC prezidenti Dana Uayt Maxachev engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini bo'shatib, yarim o'rta divizionga o'tganini malum qilgandi. 15 noyabr kuni rossiyalik aralash yakkakurash ustasi yarim o'rta vaznda liga chempioni Jek Della Maddalenaga qarshi jang qiladi. Ular Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan UFC 322 turnirining markaziy jangida to'qnash kelishadi.

Fikrlar