29 dek 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: Faqat bir inson uchun qaytardim, lekin buning iloji yo'q...
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov sportga qaytishi borasida fikr bildirdi.
"Biz Dena bilan kamar masalasini hali muhokama qilganimiz yo'q. Ular faoliyatimni davom ettirishimni xohlashayotgani tabiiy. Men 9 yildan beri mag'lub bo'lganim yo'q. Menda o'zgacha tarix va juda ko'p muxlislar bor. Ularni ham tushunaman.
Menga jangchilar ro'yxati va shartlarni berishyapti. Jangchilardan xayratlanish juda qiyin masala. TOP-10`dagi jangchilarning yarmini muddatidan oldin mag'lub etganman. Yaqin kunlarda Dena bilan bu masalalarni muhokama qilamiz. Ammo, oktagonga qaytish ehtimolim bo'lmasligini xohlar edim.
Yaxshisi, Muhammad Ali bilan jang qilgan bo'lardim, ammo u hozir oramizda yo'q", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar