20 okt 10:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzdi
Engil vaznda UFC chempionining ro'yxatidan etti nafar futbolchi joy oldi.
"Bu ro'yxatni tuzish oson ish emas. Birini nomini aytsang, ikkinchisi qolib ketadi. O'ylashimcha, ro'yxatga Pele, Diego Maradona, Lionel Messi, Krishianu Ronaldu, Ronaldo "quyon tish", Zinedin Zidan kirishi shart.
Luish Figu ham futbol afsonalaridan. 2000 yilda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. O'sha paytlarda uning davri edi. Men sanab o'tgan futbolchilar eng yaxshilari", - dedi Xabib.
Malumot uchun, Nurmagomedov "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning yaqin do'sti hisoblanadi. Yaqinda portugaliyalik futbolchi Xabibga bo'lajak jangida g'alaba tilagandi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar