28 avg 14:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Getji bilan jangni rad etishga juda yaqin kelganini tan oldi
Xabib Nurmagomedov Jastin Getji bilan jangni rad etishiga juda oz qolgani haqida gapirdi.
"Boshimda bir fikr aylanaverdi: "Bu mening so'nggi jangim, shundan so'ng tugatishni judayam istayman".
Onamga tugatishga vada bergandim. Jangga bir oy qolganida men jarohat bilan kasalxonada yotardim. Onamga hali yana bitta mashg'ulot lagerim borligini qanday tushuntira olardim? U baribir tushunmasdi", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, 2020 yilning kuzida o'tkazilgan jangda Xabib Nurmagomedov Jastin Getjini mag'lubiyatga uchratib, faoliyatini yakunlashini elon qilgandi.
Havola :
Manba : Inspire Me Podcast
Fikrlar