16 okt 12:25
Yangiliklar

Xabib - Getji jangi tongda emas, kechqurun o'tkaziladi (aniq vaqt)
"Demak, bizning vaqt bilan turnir 24 oktyabr SHANBA oqshomida bo'lib o'tadi. Avvalgi katta janglar odatda yakshanba ertalabki paytlar bo'lgani uchun bazi tomoshabinlar chalg'iyapti. Bu safar shanba kechki payt.
Vaqt masalasi, 21:00 da UZREPORT-TV da prelim, yani dastlabki janglar boshlanadi. Asosiy kard, yani markaziy janglar 23:00 da boshlanadi. Tabiiyki borgan sari to'qnashuvlar darajasi oshib boradi.
Va nihoyat, Xabib - Getji jangi. Uning aniq boshlanish vaqti undan oldingi bellashuvlarga bog'liq, shu sababli aniq vaqti belgilanmagan. 00:30 bo'lsa kerak taxminan. Ammo bu katta turnir va undagi har bir jang ajoyib tarzda o'tishi aniq. SHuning uchun to'liq tomosha qilsangiz adashmaysiz. Kechaning bonuslarini esa ko'pincha prelimlardagi tavakkalchilar ilib ketishadi", - dedi Davron Fayziev.
Fikrlar