21 fev 16:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Gollivud bilan hamkorlikda o'z xayoti haqidagi film ustida ishlamoqda. U "Oskar"ni qo'lga kiritmoqchi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov "Oskar" mukofotini qo'lga kiritish maqsadida, Gollivud bilan o'z hayot yo'li haqida film suratga olish ustida ishlayotganini aytdi.
"Men hozir o'zim haqimdagi hujjatli film ustida ish olib bormoqdaman. Bizga taxminan bir yarim yil kerak bo'ladi. Biz "Oskar"ni yutishni xohlaymiz. SHunchaki 20 daqiqalik film olmoqchi emasmiz. Hozirda Gollivud bilan ishlamoqdamiz. Film tayyor bo'lishi bilan kinoteatrlarga chiqariladi. Bu oddiygina tog'lik yigitning mag'lubiyat nimaligini bilmasdan, eng kuchli jangchi bo'lgani haqidagi hikoya bo'ladi", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar