So’nggi yangiliklar

19:23Белбоғли курашни янада ривожлантириш йўлида меморандум имзоланди 0 19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0

03 iyu 21:16
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

"Xabib haqidagi xabarlar juda aniq va shaffof". Sobiq chempionning taqdiri endi qanday kechadi? (Mutolaa uchun)

Federal soliq xizmati Xabib Nurmagomedovning hisob raqamlaridagi 297 million rublni qarzi tufayli muzlatdi.

1 iyul kuni Federal soliq xizmati buni Match TV xabarida rasman tasdiqladi. 

"Nurmagomedovning qarzdorligiga soliqlar, penyalar va jarimalarni to'lamaslik asos bo'lgan. Buni 2023 yilda yakunlangan joyida o'tkazilgan soliq tekshiruvi natijalariga ko'ra, qonuniy kuchga kirgan qaror tasdiqlaydi. Joylarda tekshirish to'g'risidagi qaror Rossiyada 2023 yilning 22 dekabrida qabul qilingan. Saqlangan soliq tekshiruvi doirasida hisoblangan qo'shimcha summa 2019 yildan 2021 yilgacha bo'lgan soliq davrida xorijdan olingan daromadlar bo'yicha soliqlarni to'lamaganligi sababli yuzaga kelgan. Soliq to'lovchi o'z majburiyatlarini to'lash uchun etarli vaqtga ega edi. 2024 yil 23 aprelda qaror kuchga kirdi. SHu munosabat bilan talabga ko'ra, to'lanmaganligi munosabati bilan ushbu summa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi”, deyiladi boshqarma xabarida. Match TV advokat Aleksandr Karabanovdan Fedaral soliq xizmati bayonoti, Xabib faoliyatidagi yangiliklar va muhim voqealarga asoslanib, suhbat uyushtirdi va biz sizga ushbu suhbat tarjimasini taqdim etamiz. 

Nurmagomedovning karerasiga nazar soladigan bo'lsak, u 2018 yilning aprel oyida UFC chempioni bo'ldi va 2019 va 2020 yillaarda Abu Dabida Dastin Pore hamda Jastin Getji bilan jangda o'z kamarini ikki marta himoya qildi. 2020 yil yanvar oyida Dana Uayt o'z ligasi jangchilarining pullari haqidagi savolga javob berar ekan, Xabibning boyligini 50 million dollardan ortiq deb baholadi. 

– Hurmatli Karbanov, Federal soliq xizmatining elon qilgan xabarida advokat sifatida nimalarni ko'ryapsiz? 

– Xabar juda aniq va shaffof. Soliq xizmati tekshiruv o'tkazilganini, Xabib Nurmagomedovning qarzi borligini, agar to'lamasa, hammasi 199-modda (soliq to'lashdan bo'yin tovlash) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atilishi bilan yakunlanishini aniq aytgan. Xabib Rossiya Federaciyasi fuqarosi. SHunga asoslanib, u Rossiya Federaciyasi qonunlarini hurmat qilishi hamda ularga rioya qilishi kerak va soliq to'lashi shart. Ehtimol, u tizimni bilmayman, degan vajni keltirgandir. Ammo uning uning jamoaasiga qo'shilish va maslahatlashish uchun soliq bo'yicha advokat yollashga etarlicha puli bor. Men buni jamiyatga ham, davlatga ham hurmatsizlik deb bilaman. CHunki to'langan soliqlardan pul ijtimoiy dasturlarga ketadi va bu pensiya, stipendiya, bepul tibbiy sug'urta miqqdorigaa ham tasir qiladi. 

– Joyda tekshirish nima? 

– Tasdiqlashning ikki xil shakli mavjul. Birinchisi, stol tekshiruvi, dastlabki tekshiruv. Ushbu ko'rib chiqishning bir qismi sifatida, to'lanmagan soliq belgilari mavjudligini tekshirish uchun keyingi tekshirishni davom ettirish yoki ettirmaslik to'g'risida qaror qabul qilinadi. SHuningdek, stol tekshiruvi bosqichida fuqaro, yumshoq qilib aytganda, biror narsada noto'g'ri ekanligi haqida malumot oladi. Unga soliq organlari oldidagi majburiyatlarini yopish imkoniyati beriladi. Agar shaxs buni qabul qilmasa, stol nazoratining xulosasi soliq organlarinining xodimlari ko'proq vakolatlarga ega bo'lgan dala nazorati bo'limiga topshiriladi, qolaversa, zarurat tug'ilganda yordam uchun policiya va boshqa davlat xizmatlirini jalb qilish huquqiga ega. Aytishimiz mumkinki, bu bosqich, agar fuqaro dalolatnoma tuzgandan keyin soliq to'lamasa, jinoiy ish qo'zg'atilishiga olib keladi.  

– Keyinchalik nima bo'lishi mumkin va vaqt o'tishi bilan vaziyat qanday tus oladi? 

– Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibga ko'ra, fuqaro ushbu qaror ustidan shikoyat qilish, o'zi tuzatishlar kiritish huquqiga ega va hatto sud orqali qaror ustidan shikoyat qilishga urinib ko'rishingiz mumkin. Nazariy jihatdan, qaror qabul qilingan paytdan boshlab jinoyat ishi qo'zg'atulginga qadar, barcha apellyaciya tartib-qoidalari bilan taxminan bir yil davom etishi mumkin. 

– Ijro hokimyati organlari yana qanday choralar ko'rishi mumkin?

– Mexanizm oddiy va u allaqachon bunga o'xshash minglab odamlar sinovidan o'tgan. Soliq inspekciyasi material tayyorlaydi va jinoiy ish qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilish uchun Tergov qo'mitasiga yuboradi. Bu erda jinoiy ish qo'zg'atiladi, chunki 199-moddada to'lanmagan soliq jinoyat ishini qo'zg'atishga asos bo'lishi aniq ko'rsatilgan hamda to'lanmagan soliq fakti soliq tekshiruvining xulosasidir. 

– 2019 va 2020 yillarda Xabib Abu-Dabida ikkita jang o'tkazdi. Aytaylik, u 10 million dollar ishlab oldi, Nurmagomedov, soliq nuqtai nazaridan, Amerikaning UFC kompaniyasida ishlayotganini hisobga olsak, bu pul uchun u qanday hisobot berishi lozim? 

– Xalqaro amaliyot mavjud. Agar AQSH fuqarosi Rossiyada pul olsa, u AQSHda soliq deklaraciyasini to'ldiradi. Agar Rossiya fuqarosi boshqa davlatda pul topsa, u soliq rezidenti bo'lgan joyda pul to'laydi. SHunga ko'ra, Xaabib hisobot davrida deklaraciya taqdim etishi va qaerdan hamda qancha ishlaganini ko'rsatishi, Rossiyada soliq to'lashi shart. 

Soliq idorasi to'lovchilarni rezidentlar va norezidentlarga ajratadi. Rezidentlar – Rossiyada kamida 183 kaleendar kuni yashaydilar. Fuqarolik muhim emas. Bu erda deyarli barcha daromadlar uchun, masalan, ish haqi yoki mulkni sotishdan, shuningdek, depozitlar va obligaciyalar bo'yicha kuponlardan 13% soliq taqdim etiladi. Tan olish kerak-ki, Rossiyada xalqaro soliq tizimiga nisbatan ancha kichik soliq mavjud.

Xorijiy sayt asosida Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing