04 avg 14:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Islam Maxachev faoliyatini qachon yakunlashini aytdi
Xabib Nurmagomedovning fikricha, uning do'sti va jamoadoshi Islam Maxachev yana ko'pi bilan ikki yil janglarda qoladi.
"Rostini aytsam, menimcha, Islam 1,5–2 yil ichida faoliyatini yakunlaydi. Oktyabrda u 34 yoshga to'ladi, vaqt o'tganda hech kim avvalgidek bo'lib qolmaydi. 35 yoshda to'xtash, yo'lni yoshlarga bo'shatib berish yaxshiroq. Agar o'z vaqtida ketmasang — boshqalar seni ketkazadi. Bungacha olib bormaslik kerak. Bu mening barcha jangchilarga maslahatim. Agar "pik" davring o'tgan bo'lsa, sen faqat pul uchun jang qilasan va sog'lig'ingni yo'qotasan. Bir kuni uyingga qaytib, farzandlaringning savollariga javob bera olmay qolasan, chunki boshing yaxshi ishlamay qoladi", - dedi Xabib Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : Fight Time
Fikrlar