19 noy 13:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Islam Maxachevning UFC'dagi keyingi jangi qachon bo'lishi mumkinligini aytdi
37 yoshli UFC sobiq chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov yarim o'rta vaznning yangi chempioni Islam Maxachev navbatdagi jangini qachon o'tkazishi mumkinligiga oydinlik kiritdi.
"Menimcha, u endi Ramazondan keyin jang qiladi. Ramazongacha uch oy qoldi. Agar Islam Ramazondan oldin jang qilsa, hozirdan tayyorgarlik ko'rishi kerak bo'ladi. SHuning uchun ham keyingi jang Ramazondan keyin bo'ladi", deydi Nurmagomedov.
Islam Maxachev hozirda UFC'da 16 ta g'alaba seriyasiga ega. U 16 noyabr kuni avstraliyalik Jek Della Maddalenani mag'lub etib, yarim o'rta vazn toifasida UFC chempioniga aylangandi.
Havola :
Manba : Hussle Show
Fikrlar