07 avg 19:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: "Konor bilan jangga urushdek tayyorlandim. Oktagonga chiqqanimda esa, raqibni ko'rmadim"
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorga qarshi jang haqida gapirdi.
"Jang payti kelganda, yuragimdagi shijoatni ko'rsatishim kerak edi. Men bu jangga juda butun borlig'im bilan tayyorlangandim. Konorga qo'pol gapirdim, u esa "Bu shunchaki biznes", -deb javob berdi.
Otam jangdan keyingi harakatlarim uchun meni so'roqqa tutdi. Men esa bunga bahonalar qidirdim.
Keyin esa o'yladim: "Men nimaga shuncha tayyorlandim? Bu jangga urushga ketayotgandek tayyorgarlik ko'rgandim. Oktagonga chiqganda esa raqibni ko'rganim ham yo'q.
Men Konordan ko'proq narsa kutgan edim. Amalda esa, u hech narsa qila olmadi va bahonalar to'qidi", -dedi Xabib Nurmagomedov Mayk Taysonning Hotboxin' podkastida.
Havola :
Manba : Hotboxin' Podcast
Fikrlar