04 avg 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Konorning marhum otasi haqidagi nojo'ya gaplariga yana javob qaytardi
Engil vaznda sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregorning marhum otasi haqida aytgan nomaqbul so'zlariga munosabat bildirdi.
TMZ Sports nashriga bergan intervyusi chog'ida jurnalist Nurmagomedovga aynan shu mavzuda ham savol berdi.
Xabib bu savolga qisqa javob qaytardi: "Bu dahshatning o'zginasi".
Eslatib o'tamiz, amerikalik Dastin Pore Makgregorni mag'lub etganidan so'ng Nurmagomedov "Yaxshilik hamisha yovuzlikdan ustun kelgan" deya munosabat bildirgandi. Aynan shu so'zlar Makgregorga tegib ketgan va bunga keskin javob qaytargandi. Biroz muddat o'tib, o'z postini o'chirib ham tashlagan edi.
"Demak, koronavirus — bu yaxshilik, otang esa — yovuzlikmi?" — degan Makgregor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar