22 okt 14:02
Yangiliklar
Xabib Maxachevning kechagi g'alabasiga munosabat bildirdi
Islam kecha oqshom Abu-Dabida o'tgan UFC 294 turnirining markaziy jangida Aleksandr Volkanovskini birinchi raundning o'zida nokautga uchratib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi. Xabib kechagi jangda nima uchun Islamning burchagida bo'lmaganiga ham izoh berdi.
"Ayni paytda dunyoning eng yaxshi jangchisi. Ukam, seni yaxshi ko'raman va ajoyib g'alaba bilan tabriklayman. Siz mendan nima uchun Islamning burchagida bo'lmaganimni so'rashingiz mumkin. Bu savolga avval ham javob berganman. Men janglarga bormayman, kimgadir sekundantlik qilmayman, MMA bilan bog'liq hammasini oktagonda qoldirganman. Qarorimni jamoadoshlarim, aka-ukalarim, murabbiylarim singari to'g'ri qabul qilishingizni so'rayman. Biz nimaga erishgan bo'lsak, ushbu sport turi tarixida qoldi", - dedi Nurmagomedov.
Fikrlar