29 sen 10:29
Yangiliklar

Xabib Maxachevning navbatdagi jangini tarixiy voqea deb atadi
Jang UFC yarim o'rta vazn toifasidagi kamar uchun bo'lib o'tadi. Hozirda ushbu chempionlik kamari avstraliyalik Jek Della Maddalenaga tegishli bo'lib turibdi.
"Albatta, har qanday holatda ham tarixiy voqeaga guvoh bo'lamiz. Islam Maxachevning jangini kutish barcha janglardan ustun kelishi mumkin. Bu nafaqat biz uchun, balki umuman sport olami uchun haqiqiy tarixiy voqeadir. Maddalena? Hozir uning birinchi himoyasi. Ayni paytda u yarim o'rta vazn toifasida chempion hisoblanadi. Juda yaxshi raqib. Og'irroq vaznga o'tish Islam uchun yaxshigina sinov", - dedi Xabib Vyacheslav Abdusalomovga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev MMA’da 28 ta jang o'tkazib, 27 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etgan. Jek Della Maddalena hisobida esa 20 ta jangda 18 ta g'alaba bor.
Fikrlar