30 dek 15:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Muradga: "Nihoyat bu hayotda o'zingni topding"
Xabib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi post joyladi.
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov (29-0) hamyurti, MMA jangchisi Murad Machaev (21-3)ning yosh jangchilarga vazn tashlash bo'yicha qanday maslahat berayotgani haqidagi videosiga munosabat bildirdi.
"Menga tez-tez 13 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan sport bilan shug'ullanadigan yigitlardan 5-10 kilogrammni tashlash uchun yordam so'ragan xabarlar keladi. Menimcha, bu noto'g'ri", - deydi Machaev videoda.
"Nihoyat, bu hayotda o'zingni topding", - deya bunga javob qaytargan Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar