09 sen 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: 35 yoshdan keyin meni oktagonda ko'rmaysiz
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov (28-0) Match TV telekanalida mehmon bo'ldi.
Tabiiyki, dog'istonlik chempion ko'rsatuv davomida ko'plab savollarga javob berdi. Xususan, kelgusi rejalari bilan ham o'rtoqlashdi.
“O'zimni 35 yoshdan keyin MMA olamida ko'rmayapman. 34 yoshga chidasa bo'ladi. Lekin undan keyin pik, yani yuqori sport formasida bo'lmaysiz. Ayniqsa, UFCda bu yoshda jang o'tkazish juda mushkul. O'rta vazn toifasida tayinli natijaga erishgan 35 yosh va undan katta jangchini eslay olmayapman. Inson organizmi ko'tara olmaydigan yuklamani majburan berish yaxshilikka olib kelmaydi", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar