07 sen 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov: Getjidan bir bosh ustunman
Rossiyalik UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yana bir bor raqibi Jastin Getji haqida fikr bildirdi.
“24 oktyabr kungi jangni muddatdan avval yakunlamoqchiman. Taxminan ikkinchi yoki uchinchi raundlarda g'alaba qozonmoqchiman. Menga Getjining parterdagi holati qiziq. Jismoniy holat bo'yicha undan ikki baravar kuchliman.
Ko'pchilik meni zarbamning kuchiga past baho beradi, lekin 12 yoshimdan beri boks bilan shug'ullanaman. Faoliyatim davomida hech kim meni nokdaun ham qilmagan, Jastin esa ikki marta nokaut bo'lgan. Mening zarba texnikam ham unikidan bir bosh ustun”, - dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar