27 may 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov Islam masalasida UFC prezidentiga murojaat qildi
Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov promoushen rahbari Dana Uaytga yuzlandi.
36 yoshli Xabib Dana Uaytdan imkon qadar tezroq vazn toifasidan qati nazar UFC jangchilari reytingi peshqadami Islam Maxachevning navbatdagi jangini rasman elon qilishni so'ramoqda.
"Dana, Islamga jang manzilini jo'nat", — deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida UFC rahbari Dana Uaytga murojaat yo'llagan Nurmagomedov.
O'z o'rnida Maxachev ham "Burgut"ning bu murojaatini etibordan chetda qoldirmadi va bitta so'z bilan munosabat qoldirdi: "Kutyapman!"
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar