13 sen 08:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov mashg'ulotlarni to'xtatdi
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov BAA poytaxti Abu-Dabi shahriga etib borgandi.
Nurmagomedov amerikalik Jastin Getjiga qarshi kechadigan chempionlik himoya jangiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazish uchun Amirliklarga etib borgandi.
"Abu-Dabiga kelganimga ikki kun bo'ldi. Lekin hali mashg'ulotlarni boshlaganim yo'q. Bunga tish og'rig'i sabab bo'lmoqda. Tish og'rig'i bir necha kundan beri bezovta qilyapti. Etibor bergan bo'lsangiz, 9 sentyabr kuni otam xotirasiga bag'ishlab o'tkazilgan turnirda ham niqobda edim. Bugun ham mashg'ulotga chiqmayman. Hammasi yaxshi bo'lsa, ertadan keyin mashg'ulot zaliga qaytaman", - dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar