21 okt 18:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov matbuot anjumanida nimalar dedi?
Hozirgina Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda vaqtichalik kamar sohibi Jastin Getji ishtirokida matbuot anjumani yakunlandi.
24 oktyabr kungi jang oldidan tashkil etilgan tadbirda raqiblar ilk bor yuzma-yuz kelishdi.
"Albatta, bu erda Las-Vegasga qaraganda qiyinroq. Hamisha vazn haydash qiyin kechgan, boz ustiga senga tashqaridan kuchli bosim bo'lib turganda bu yanayam seziladi. Hozir shunaqa murakkab vaziyat: pandemiya, muxlislar yo'q. SHu jihatdan ozgina qiyinroq bo'ladi.
Keyingi raqib? To'g'risi, bu haqida gapirishni istamayman. Hozir bor diqqat etiborni Getjiga qaratish kerak. Keyin nima bo'lishini o'ylagan payt emas. Bu savol Dena Uaytga", — dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar