20 jan 19:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov MMAdagi eng yodda qolgan va g'ururlanadigan lahzasini esladi
UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov MMAdagi faoliyati davomida eng yodda qolgan va g'ururlanib eslaydigan lahzasi haqida gapirdi.
"Otam burchagimda bo'lganda (Dastin Porega qarshi jangda) juda yoqimli bo'lgan. Butun dunyo ko'rgan. Bizda Rossiyada Birinchi kanal orqali namoyish etishgan. UFCdagi faoliyatim davomida ilk bor otam burchagimda bo'lgan. O'shanda Islam ham g'alaba qozongan, men kamarimni himoya qilganman.
O'ylaymanki, faoliyatimda eng yodda qoladigan va men g'ururlanadigan lahza o'sha bo'lgan", - dedi Xabib Nurmagomedov.
Havola :
Manba : Gorilla Fighting
Fikrlar