So’nggi yangiliklar

19:27UFC рейтинги. Богдан Гусковнинг вазнида вазият қандай? 0 19:06"Гвардиола ҳар нарсада Мессини эслайди" 0 18:45"Жонс Аспиналлдан қочмоқда" - Анкалаев 0 18:24Хамзат Чимаев Камару Усман билан жангдан воз кечиш ҳақида ўйлаганини айтди 0 18:02Шон О'Мэлли: "Двалишвили Умардан қўрқади" 0 17:41"Ман Сити" 75-дақиқада 3:0 ҳисобида олдинда бориб, юта олмаган ЕЧЛ тарихидаги биринчи жамоага айланди 0 17:20Анкалаев: "Рамазон вақтида жанг бўлмайди" 0 16:59"Реваншларим доим бир хил тугайди". Фьюри Усикка қарши жанг ҳақида 0 16:38Хамзат Чимаев UFC'да МДҲдаги ТОП-5 жангчилар кимлигини айтди 0 16:17"Интер" 12 учрашувдан буён мағлуб бўлмаяпти 0 15:56Янгиланган UFC рейтингида Петр Ян Умар Нурмагомедовни ортда қолдирдими? 0 15:35Бишкек турнирида иккинчи олтин медаль қўлга киритилди 0 15:14Нурмагомедов ҳам Саудиядаги UFC турнирида жанг қилади 0 14:53ОЧЛ-2. Бугун "Насаф" "Кувайт СК" билан ўйнайди 0 14:32Жонс Прохазка - Хилл жанги учун ўз тахминини айтди 0

31 may 19:09
Yangiliklar

Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov murabbiylik faoliyatini qayta tikladi

Bu xabarni Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes ham tasdiqladi.

Bu malumotni Xabibning murabbiyi Xaver Mendes ham tasdiqladi. U ayni paytda "Amerika kikboksing Akademiyasi" bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda. Mendes Xabib Nurmagomedov nima uchun bir necha haftadan beri San-Xose ekanini ham izohladi. 

"Odamlar bir narsaki bilishlari kerak, Xabib hech qachon murabbiylikdan ketdim demagan. U shunchaki oilasi davrasida ko'proq bo'lishi uchun mashg'ulot lagerlariga bormaslik va shu bilan birga oktagonda sekundantlik qilmaslikka qaror qilgandi. Ishonchim komil, u bir kun oktagonga qaytadi va mening yonimda bo'ladi. O'shanda men mashinaning orqa o'rindig'ida xotirjam o'tirib ketaman, chunki uning boshqaruvida Xabib bo'ladi. Uning burchakda, mening yonimda bo'lishi jangchilarga yaxshigina motivaciya beradi", - dedi Mendes. 

O'z o'rnida Nurmagomedovning o'zi ham San-Xoseda uzoq vaqt qolganini ochiqladi. 

"San-Xose bir necha ajoyib haftani o'tkazdim. Men hanuz mashaqqatli mashg'ulotlarni xush ko'raman. Bu menga energiya beradi", - dedi sobiq UFC chempioni.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing