03 dek 10:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Tez kunda Toshkentda katta turnir o'tkazamiz
Ikki kun davomida Toshkentda mehmon bo'lgan UFC chempioni hamda yulduzi Xabib Nurmagomedov o'zining Instagram sahifasida poytaxtimizga safari bilan bog'liq yana bir post qoldirdi.
Xabib qoldirgan xabarida Toshkentga taklif etgani uchun Otabek Umarovga minnatdorchilik bildirgan:
"Men har safar Toshkentga katta ishtiyoq bilan qaytaman. Bu safar ham shunday bo'ldi. Akalar, mehmondo'stlik uchun katta rahmat! Tez orada Toshkentga katta turnir bilan qaytaman", - degan Nurmagomedov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar