02 okt 08:10
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov: Uayt menga atab qo'ygan "syurprizi" borligini aytdi
Nurmagomedov Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
"Oldinda Jastinga qarshi jang. Keyinchi? Juda yaxshi savol. Bilmadim. 24 oktyabr kuni Getjini oktagonda "tugataman". Undan keyinchi? Menga dunyoning kuchli jangchilari bilan urishish yoqadi. SHuning uchun ham men shu erdaman. UFC`da pul uchun urushmayman. Meni boshqa biznes-loyihalarim ko'p va u erda etarlicha pul ishlab topaman.
Jastinga qarshi jangdan keyin faoliyatimni yakunlayman deb o'ylamayman. Bizda bir nechta variant bor. Bu haqida Getjiga qarshi jangdan keyin gaplashamiz. UFC prezidenti Dena Uayt menga atayin tayyorlab qo'ygan "syurprizlari" borligini aytdi. Lekin men undan bu yangiliklarini Jastin bilan jang o'tmagunicha aytmay turishini so'radim. Ko'ramiz, katta taklifi nima ekan", — dedi Nurmagomedov.
Fikrlar