10 okt 10:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov UFC`dan talab qilmoqda
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov raqibsiz qolgan jamoadoshi Islam Maxachevga maslahat berdi.
Islam Xabib oktagonga ko'tariladigan UFC 254 turniri doirasida jang o'tkazishi kerak edi. Lekin Rafael dos Anosda koronavirus aniqlangani bois Maxachev raqibsiz qolgandi. Xabib o'zining Instagram sahifasida UFC promoushenidan Islamga raqib topib berishlarini talab qildi.
"Men bunday vaziyat bilan to'qnash kelganman. Islam, sen bundan qayg'urma. Jangchilar ko'p bo'ladi, lekin ularning hech biri sen bilan jang qilishni istamaydi. Endi bu boshqa voqea. Hozir eng muhim narsa UFC`ning Islamga raqib topib berishi. Bo'ldi, boshqa gap yo'q!", — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan Xabib.
Havola :
Fikrlar