11 sen 19:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov "Yil jangi" uchun BAAga etib bordi
Engil vaznda amaldagi UFC chempioni Xabib Nurmagomedov BAA poytaxtiga etib bordi.
Xabaringiz bor, Nurmagomedov 24 oktyabr kuni Yasdagi "Janglar oroli"da amerikalik Jastin Getjiga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qiladi. Getji vaqtinchalik chempion hisoblanadi.
"Jamoa BAAga etib keldi", — deya xabar bermoqda Xabibga yaqin manba.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov faoliyatida davomida o'tkazgan 28 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. Getji esa 24 ta jangdan 22 tasida zafar quchgan. Hisobida 2 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Fikrlar