24 sen 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovning jamoasi Xamzat CHimaevning janglarini muhokama qiladi
Abubakar Nurmagomedov jamoadoshlari bilan engilmas UFC jangchisi Xamzat CHimaevning janglarini tahlil qilganliklari haqida gapirdi.
Abubakar, Mayk Svik bilan intervyuda tafsilotlar bilan o'rtoqlashdi.
"Albatta, biz Xamzatga etibor qaratamiz va uni janglarini muhokama qilamiz. Jamoa bilan nafaqat unga, balki boshqa sportchilarning qanday jang qilayotganiga ham etibor qaratamiz",-dedi Abubakar Nurmagomedov.
Savolning qolgan qismi Abubakarning tarjimoni tomonidan yangradi. "Xamzatning ajoyib "udarka"si bor. Xabib bilan solishtiradigan bo'lsak, u ko'proq jang o'tkazishi lozim. CHimaevning muddatdan oldin yakunlangan janglari ko'proq, uslubi ham Xabibdan farq qiladi. Bularning hammasi uning foydasiga ishlaydi", - dedi u.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar