15 okt 15:03
Yangiliklar

Xabib Oliveyra bilan jangga tayyorgarlik jarayonida Maxachevga kimlar sparring-sheriklik qilganini aytdi
Islam Maxachev va CHarlz Oliveyra o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.
"Hozir Islamning asosiy sparring-sherigi men emasman. Zalimizda juda ko'p yigitlar bor, yosh, "och". Biz doimiy ravishda muloqot qilamiz. Zarbaga ishlovchilar bor, grepplingchilar bor. Lekin, umuman olganda, asosiy sparring-sheriklar, menimcha, Abubakar Nurmagomedov, Gadji Rabadanov, Saygid Izagaxmaev, Usman Nurmagomedov, Amru Magomedovlar. SHuningdek tailandlik yigitlar ham. Juda ko'p. Agar biz 70, 77 kg vaznni olsak, dunyodagi har qanday sport zali uchun biz bilan solishtirish qiyin bo'ladi. 84 kgda ham bizda uch-to'rtta juda yaxshi jangchilar bor. Bizning zalda yaxshi jangchilar juda ko'p. Bu borada Islam oldida juda katta tanlov bor edi", - dedi Nurmagomedov UFC Russia YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar