28 okt 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib qanday boks jangini ko'rish istagi borligini malum qildi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o'rtasidagi jangni ko'rish istagi borligini malum qildi.
“Fyuri? U top. Vladimir Klichkoga qarshi jangda mag'lub bo'lishini kutishdi, biroq natija teskari bo'ldi. Keyin Deonteyga qarshi birinchi bahsda durang qayd etdi. Ikkinchi jangda esa Uaylderni nokaut qildi.
Uni Usikka qarshi jang qilishini istagan bo'lardim. Usik unga qarshi juda yaxshi qarshilik ko'rsatadi. Ularning har ikkisini texnikasi kuchli. Usik boshqa og'ir vazn bokschilarga o'xshamaydi. Uning oyoq harakatlari og'ir vazn uchun mukammal”,-dedi Xabib.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar