19 jan 17:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: Sen-Per menga qarshi jang qilishni xohlamayapti
Rossiyalik UFS jangchisi Xabib Nurmagomedov Jorj Sen-Per haqida fikr bildirdi.
"Aynan u menga qarshi jangni istamayapti. Hozirgina u bilan smslashdim, biroq Jorj haqida yomon gap gapirmoqchi emasman. U bilan yuzma-yuz gaplashib olishim lozim. Biroq Jorj tayyor bo'lsa, menga malum qilsin"-,deb fikr bildirgan Xabib Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Xabib so'nggi bor UFS 254 kechasida Jastin Getjiga qarshi jang qilib, raqibini mag'lub etdi. Jorj Sen-Per esa so'nggi bor 2019 yilning noyabrida oktagonga ko'tarilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar