22 fev 14:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Sen-Perga qarshi jangga nima uchun rozi emasligini tushuntirdi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov nima sababdan Jorj Sen-Perga qarshi jang qilmasligini tushuntirib berdi.
"UFC'dagi istalgan jangchingizni ayting, ular menga qiziq emas. Biroq Sen-Perni ismini eshitsam, tashqariga chiqib mashg'ulot olib borishni istayman. Qolganlari esa bekor. Oliveyra? Yaxshi jangchi biroq, menga qiziq emas yoki CHendler. U ham men jang qilishni istaydiganlar ro'yxatida emas. Pore, Getji, Makgregor yoki dos Anos. Ularning barchasi sobiq chempionlar.
Meni faqatina Jorj ilhomlantirishi mumkin. Lekin u 40 yoshda. SHu sababli ham uni tinch qo'yishimiz kerak. U bizga yoqadi, Jorj MMA olamining haqiqiy yulduzlaridan biri",-dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar