10 sen 13:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Toni va Getjining farqini aytdi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov Toni Fergyuson va Jastin Getjini o'zaro solishtirdi.
“Barcha Getji Tonini nimalar qilib tashlaganini ko'rdi. U har tomonlama raqibini yakson qildi. Getji va Toning farqi? Getji yoshroq, u g'alabaga chanqoq va och. SHu hisobdan Jastin raqibidan ustunlik qildi.
Getji oyoqda va erda ancha yaxshi harakat qiladi. U barcha raqiblaridan kurash borasida ustun bo'lgan, lekin men hamma emasman. Meni hali hech kim kurashda mag'lub eta olmagan”,-dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Jastin Getji Toni Fergyusoni mag'lub etib, Xabib Nurmagomedovga qarshi jang qilish imkonini qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar