So’nggi yangiliklar

12:13"Олтин тўп" соҳиби майдонга қайтишга яқин 0 11:52Чимаев ва Гэрри кечаги UFC турниридан кейин юзага келган можарога изоҳ беришди 0 11:31Арман Царукян Илия Топурияни октагонга чорлади 0 11:10Белал Муҳаммадни мағлуб этган Йен Гарри Ислам Махачевга мактуб қолдирди 0 10:49Виталий Левченко Ўзбекистон чемпиони бўлган тўққизинчи хорижлик мураббий! 0 10:28Қатардаги UFC турнири бонус соҳиблари маълум 0 10:07Пойтахтимиз бокс бўйича йирик халқаро йиғинга мезбонлик қилмоқда (ВИДЕО) 0 09:46Падель тенниси 2026 йилги Осиё ўйинлари дастурига киритилди 0 09:25Максим Шацкихнинг янги жамоаси маълум 0 09:04Жек Делла Маддалена Ислам Махачевнинг буюклигини тан олди 0 08:43Райан Гарсия Шаҳрам Ғиёсовнинг вазнида WBC камари учун жанг қилади 0 08:22Мария Тимофеева Люксембург турнирида финал чиптаси учун кортга чиқди 0 08:01"Ньюкасл" ўз уйида "Ман Сити"ни таслим этди, Ҳусанов захирада қолдирилди 0 01:49Арман Царукян Дэн Хукерга қарши! UFC Qatar турнирининг барча натижалари битта саҳифада 0 01:47Арман Царукяннинг Дэн Хукерга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0

21 okt 21:33
Yangiliklar

Boks/MMA

Xabib va Getji matbuot anjumanida nimalar dedi? + TO'LIQ MATN VA FOTO

Xabaringiz bor, bugun UFC 24 oktyabrdagi turnir oldidan matbuot anjumanini tashkil etdi.

Jurnalist: Dena, janglar AQSH uchun ancha noqulay vaqtda bo'ladi. Bu qanchalik tasir qiladi?

Dena Uayt (UFC prezidenti): Havotirga o'rin yo'q. Xabib ishtirokidagi bahslarni juda ko'pchilik ko'radi. U hozirda birinchi raqamli jangchi. Uning ishtirokidagi janglarni intizorlik bilan kutadiganlar bisyor.

Jurnalist: Xabib, sen bu erda avval ham jang qilgansan. Bu er senga qiyinroqmi?

Xabib: Albatta, bu erda Las-Vegasga qaraganda qiyinroq. Hamisha vazn haydash qiyin kechgan, boz ustiga senga tashqaridan kuchli bosim bo'lib turganda bu yanayam seziladi. Hozir shunaqa murakkab vaziyat: pandemiya, muxlislar yo'q. SHu jihatdan ozgina qiyinroq bo'ladi.

Jurnalist: Bilamiz, sen 30-0 ga harakat qilayapsan. Qandaydir reja bormi?

Xabib. Men bu haqida o'ylamadim. Hozir bor etiborimni Getjiga qaratganman. Keyin nima bo'lishini esa bu inson (Dena Uayt)dan so'ranglar.

Dena Uayt: Kelajak haqida emas, hozir bo'layotgan voqealar haqida gaplashamiz. Hozir Getji - Xabib jangi.

Jurnalist: Xabib seni 3-4 raundda mag'lub etishini takidlamoqda. Senga bu gaplar qanchalik tasir ko'rsatadi?

Getji: Xabib o'ziga ishonadi va buni bir necha marta isbotladi. Men bunga tayyorman. Uning parterlariga tayyorman. Men doim to'liq kuch bilan ishlayman. Xabib qancha vaqt turib bera olsa, men ham shuncha turaman.

Jurnalist: Dena, jang qanday o'tadi?

Dena: Biz har ikki jangchining qanday kuchga ega ekanligini bilamiz. Xabib so'nggi bor qachon hech bo'lmasa bir raundni boy berdi? Xabib nafaqat engil vaznning, balki barcha vazn toifasining eng kuchli jangchisi.

Jurnalist: Xabibning avvalgi janglaridan xulosa qilsak, u qanday xatoliklarga yo'l qo'ydi?

Getji: To'g'risi, Xabibning janglarini ko'rmadim. Lekin u jang qilgan oqshomdagi janglarni tomosha qilganman. Raqibim Xabib bo'lishini bilgan kunimdan boshlab uning janglarini ko'rmadim. Meni qafasga “qamab“ olishiga yo'l qo'ymayman. U meni ushlab olishga urinsa, unga shikast etkazishga harakat qilaman. Oyog'iga zarbalar beraman.

Jurnalist: Rossiya va Amerika kurash uslublari qanchalik farq qiladi?

Xabib: Ikkalamiz ham qanday kurashishni bilamiz. Ammo 25 daqiqa jang qilish haqida nima deyish mumkin? Agar men raqibimni yiqitmoqchi bo'lsam, uni yiqitaman va uni istagancha ushlab turaman. Mana shu Amerika va Dog'iston kurashi o'rtasidagi farq.

Jurnalist: Getji alohida tayyorgarlik ko'radimi?

Xabib: Ha. U janglarining boshida doim xavfli. Jastin Konor singari birinchi raundda ancha kuchli harakat qiladi, keyingi raundlarda esa ancha sekinlashadi.

Jurnalist: Yirik musobaqalarning qoldirilishi bu jangning bahosini oshiradimi?

Getji: Bu jang usiz ham ancha muhim bahs. Aslida men bu erda bo'lishim ham kerak emasdi. CHunki, men Fergyusonga mag'lub bo'lishim kerak edi, biroq uning ”duxi“ni olib qo'ydim.

Jurnalist: Getjini boshqa raqiblaringdan farqi nimada?

Xabib: Uning mushtlarida dinamit bor va u yaxshi zarba beradi. Turgan holatda ular (Getji, Makgregor, Barbosa) hammasi yaxshi, lekin men ularni ushlaganimda barchasi o'zgaradi. Menimcha, Getjining jangi avvalgi raqiblarimga qaraganda yaxshiroq. Ammo uni jang kuni 100 marta otishga tayyorman.

Jurnalist: Getji, sen bu erga ota-onang bilan birga kelding.

Getji: Ota-onam hech qachon chet elda bo'lmagan, biznes-klassda uchmagan. Ular men uchun hamma narsani qildilar, menga borlarini sarfladilar. Otam bir yil oldin nafaqaga chiqdi, onam, umid qilamanki, jang yakunlanishi bilan nafaqaga chiqadi. Men uni nafaqaga chiqishga majburlamoqchiman. Ammo shunisi aniqki, ular oxirgisini menga sarf qilishdi. Dam olish kunida bolalar ota-onalari bilan do'konga borganlarida, men mashg'ulotlarga bordim.

Jurnalist: Katta janglar Las-Vegasda bo'lishi kerak. Siz Abu-Dabi bilan katta shartnomaga qo'l qo'ygansiz. Nima, siz Xabibning bu erda jang qilishini istaysizmi?

Dena: Biz barchasi yaxshi bo'lgan vaqtda beshta jangga shartnoma imzolagan edik. Biroq karantin sababli barchasi o'zgarib ketdi va biz bu erga keldik. Ammo janglar qaerda bo'lishidan qatiy nazar bo'lishi kerak. Umid qilamanki, boshqa buncha ko'p vaqtni safarda o'tkazmaymiz.

Jurnalist: Vazn tashlash qanchalik qiyin?

Getji: Xabib va men vazn tashlaymiz. Bu narsani yaxshi tomoni yo'q. Doimgidek juda qiyin.

Jurnalist: Muhammad Ali darajasiga chiqishing uchun nima qilishing lozim?

Xabib: Ali umuman boshqa daraja. Tayson ham. Bolaligim ularning janglarini tomosha qilish bilan o'tgan. Ular bilan bitta darajaga chiqish qiyin. Maqsadim engil vaznning haqiqiy «qiroli» bo'lib faoliyatimni yakunlash.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing