27 okt 11:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib va Konor ishi bo'yicha hukm 10 dekabrda o'qiladi, ularning ikkisi ham zalda bo'lishi shart!
24 oktyabr kuni AQSHning Las-Vegas shahrida Nevada shtati Atletik (NSAC) komissiyasining UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda sobiq jahon chempioni Konor Makgregor ishi yuzasidan birinchi yig'ilish bo'lib o'tgandi.
Ko'rib chiqilgan ish bo'yicha Atletik komissiya Nurmagomedovga jang uchun vada qilingan 2 million dollar gonorarning yarmini rossiyalik sportchining bankdagi hisob raqamiga o'tkazish yuzasidan qaror chiqardi.
Qolgan bir million dollar hamon muzlatilganicha qolmoqda. Ushbu ish yuzasidan yakuniy yig'ilish 10 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Ushbu sanada Makgregor ham, Nurmagomedov ham komissiya yig'ilishida ishtirok etishlari shart.
Havola :
Fikrlar