08 sen 08:05
Yangiliklar

Xabib vazn toifasidan qatiy nazar eng kuchli UFC jangchisini aytdi, u - Korme emas!
"SHaxsiy qarashlarimga tayangan holda birinchi o'ringa yarim og'ir vaznda jahon chempioni Jon Jonsni qo'yaman. U o'z kamarini to'qqiz marotaba himoya qildi. Boz ustiga u mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. To'g'ri, unda mag'lubiyat bor, lekin o'shanda uni diskvalifikaciya qilishgan edi.
Jons nomdor va afsonaviy jangchilarni mag'lub etgan. Ko'pchilik so'nggi ikki yilda uning faoliyatida pasayish bo'lganini, hatto g'alaba bilan yakunlangan 2-3 ta jangida yutqazganini aytmoqda. Lekin men umumiy qilib olganda uni birinchi o'ringa qo'yaman. Bejizga u P4P reytingida peshqadamlik qilmayapti", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Jon Jons faoliyatini og'ir vaznda davom ettirish istagini bildirgan va shu sababdan uning yarim og'ir vazn toifasidagi chempionlik kamari vakant, yani egasiz qolgandi.
Fikrlar