19 okt 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib vs Getji jangi bo'yicha yana bir muhim xabar aytildi
MMA olamidagi "Yil jangi" bo'lishi kutilayotgan Xabib Nurmagomedov - Jastin Getji to'qnashuviga besh kun qoldi.
Kelayotgan shanba, 24 oktyabr oqshomida Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da uzoq kutilgan UFC 254 turniri bo'lib o'tadi. Oqshomning markaziy jangi engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda vaqtinchalik kamar sohibi Jastin Getji o'rtasida o'tkaziladi.
Tashkilotchilarga yaqin manbaning xabar berishicha, UFC 254 turniri muxlislarsiz o'tadi, yani tomoshabin kiritilmaydi. Avvalroq tashkilotchilar tomonidan sotuvga malum miqdorda chipta chiqarilishi rejalashtirishgan edi. Lekin arenada alohida taklif etilgan "nozik mehmonlar" bo'ladi.
Havola :
Fikrlar