31 okt 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47744_220.jpg)
Xabibga Meyvezer bilan boks qoidalari asosida jang o'tkazishni taqiqlashdi
UFC prezidenti Dana Uayt aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda boks bo'yicha beshta vaznda sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer o'rtasidagi ehtimolli jang yuzasidan fikr bildirdi.
Dana Uaytning aytishicha, Floyd agar Xabib bilan jang qilishni shunchaki istayotgan bo'lsa, oktagonga kelishi kerak.
“Eshitinglar, agar Meyvezer Xabib bilan jang o'tkazishni istayotgan bo'lsa, marhamat qilib UFCga o'tsin. U bilan boks qoidalari asosida jang o'tkazmaymiz. Biz bu ishga bir marta qo'l urib ko'rdik. Boshqa bunday bo'lmaydi”, - dedi UFC prezidenti.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov 7 oktyabr kuni UFC 229 turniri doirasida ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregorni to'rtinchi raundda mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar