29 sen 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibga sher bilan shug'ullanishni taklif qilishdi. CHempion esa tezda javob qaytardi
Mashhur hayvonlar murabbiyi Askold Zapashniy UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedovga sher bilan mashg'ulot olib borishni taklif qildi.
“Qadrdon do'stim Xabib, Sen kuchlilarga qarshi jang qilib, g'alabalar qozongansan. Hattoki, ayiq bilan birgalikda mashg'ulotlarda ham ishtirok etding. Agar senga yanada ko'proq adrenalin kerak bo'lsa, senga mashg'ulot uchun sherni taklif qilaman”,-degan Askold Zapashniy.
UFC chempioni ham bu taklifga tezda javob qaytardi.
«Taklif uchun minnatdorman. Lekin sher bilan urishish kerak emas, balki do'stlashish kerak»,-dedi Xabib.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar