19 noy 15:20
Yangiliklar

Xabibning murabbiyi: "CHimaev tarixdagi eng buyuk jangchilardan biriga aylanishi mumkin"
"O'ylaymanki, CHimaevning jamoasi jangchi bilan yaxshi ishlamoqda. Xamzatning kelajagi juda yorqin. U har qanaqasiga ham chempionlik uchun jang qiladi. Bu uning taqdiriga yozilgan. Qancha vaqtda, qay tarzda bu sodir bo'ladi, buni ko'ramiz. Xamzat super yulduz bo'lish uchun katta qadamlar tashlab kelmoqda. Albatta, allaqachon yulduz bo'lib ulgurgan bo'lmasa. Har qanday yo'nalishda ham, u bizni xayron qoldirmoqda.
Bu yigitning uslubi o'zgacha. Muxlislarga bu yoqadimi, yo'qmi bunisi ahamiyatsiz. Xamzat eng buyuk o'rta vaznli jangchi bo'la oladimi? Buni ko'ramiz. Bunga uning imkoniyatlari etarlimi? Albatta, tasavvur qilib bo'lmas darajada katta. CHimaev tarixdagi eng buyuk jangchilardan biriga aylanishi mumkin. Biz shunchaki buni kutishimiz lozim", -cdeydi Xaver Mendes.
Fikrlar