19 okt 17:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabibning murabbiyi Makgregor va Getjini taqqosladi
Xabib Nurmagomodovning murabbiyi Xaver Mendes dog'istonlik jangchining sobiq va bo'lajak raqiblari - Konor Makgregor va Jastin Getjini solishtirdi.
"O'ylashimcha, agar biz Getji bilan parterda jang olib borsak, u Makgregordan xavfliroq bo'lmaydi. Konor kuchli zarbaga ega jangchi. Getjida ham bu jihat juda kuchli shakllangan. Tan olish kerak, Getji juda jiddiy raqib, uni yiqitish oson bo'lmaydi. Albatta, men Xabib kimnidir parterga yiqita olmaganini eslay olmayman. Lekin Getji bunga qarshilik qiladi va shu sababdan qattiq charchaydi.
Kurashda Getji o'zini erkin sezmasligi aniq. Bu uslub Xabibning doimiy quroli. Agar Xabib Getjini yiqitishga erishsa, unda Jastinni jiddiy muammolar kutadi", - dedi Mendes.
Havola :
Fikrlar