10 dek 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning murabbiyi Toshkentdagi matbuot anjumani haqida: Uning tansoqchisidek ko'rinib qoldim
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov murabbiyi Xaver Mendes joylashtirgan rasmga munosabatini bildirdi.
Xabibning murabbiyi Xaver Mendes o'z instagramiga Toshkentdagi matbuot anjumanidan rasm yuklab, quyidagicha izoh yozdi:
"Men Xabibga qarayotganimda qachon menga ham savol berishar ekan deb o'ylayotgan edim. Menimcha, bu vaziyatda uning tansoqchisidek ko'rinib qoldim".
Xabib esa bu postni o'z storisiga joylab: "Nima bo'ldi murabbiy?", - deya munosabat bildirdi.
Bu holatni ziyrak muxlislar ham payqashgan.
"Men ham butun intervyuni tushunmay tomosha qildim. Hech narsani tushunmadim va zerikib huddi sizdek ahvolga tushdim. Sizga savol berishganda esa ko'zingiz qanday chaqnab ketganini ko'rib, men ham xursand bo'lib ketdim", - deb yozdi muxlislardan biri surat ostiga.
Havola :
Manba : instagram.com/akajav
Fikrlar