03 sen 08:56
Yangiliklar

Xabibning Sen-Perga qarshi jangdagi gonorari qancha bo'lishi malum
Kanadalik mashhur jangchi ikki vaznda sobiq UFC chempioni hisoblanadi. Avvalroq, Xabibning faoliyatini 30:0 ko'rinishida, yani bironta durang yoki mag'lubiyatsiz yakunlash istagida ekani aytilgandi. Nurmagomedovning menejeri Ali Abdel-Aziz mijozining aynan 30-jangi uchun gonorarini malum qildi.
"Jorj — mening do'stim. Aynan u Xabibning so'nggi raqibi bo'ladi. Per uchun ham bu so'nggi jangga aylanadi. Ushbu jang uchun Xabibning gonorari kamida 20 million dollar bo'ladi. Lekin Nurmagomedov hech qachon pulni birinchi o'ringa qo'ymagan", — dedi Abdel-Aziz.
Eslatib o'tamiz, UFC prezidenti Dena Uayt ham Xabib Nurmagomedovning Sen-Perga qarshi jang bilan faoliyatini yakunlashini aytgan edi. Kanadalik jangchi 2019 yilning fevralida faoliyatini tugatgandi.
Fikrlar