20 okt 16:30
Yangiliklar
Xabibning tasirisiz Islam uchun bu yo'l uzoqroqqa cho'zilgan bo'lardi, Dana Uayt bilan muzokaralarda Nurmagomedovlar jamoasi g'alaba qozondi
Islam Maxachev 22 oktabr kuni engil vazn toifasidsa vakant bo'lgan UFC chempionlik kamari uchun CHarlz Oliveyraga qarshi bahs olib boradi. Plakat super, sport komponentida esa kurash qiziqarli. Garchi u Islamning chempionlik jangiga boradigan yo'li tufayli ham muhokama qilinayotgan bo'lsada: Maxachevning so'nggi raqibi unchalik katta bo'lmagan Bobbi Grin edi.
Oliveyra Islam divizionning eng yuqori pog'onasiga chiqishi uchun yana kurashishi kerak deb hisobladi, Dana Uayt bunga rozi bo'ldi. Lekin Maxachev va Xabib promoushen rahbarlarini ko'ndirishga muvaffaq bo'lishdi. Bu munozara qanday rivojlangani va nima uchun Nurmagomedov unda katta rol o'ynaganini eslaymiz.
Maxachev fevral oyida g'alaba qozondi va darhol kamar haqida gapira boshladi. Oliveyra esa Konor bilan Braziliyada jang qilishni istardi
Maxachev - Oliveyra qarama-qarshiligi tarixi Bobbi Grin - Islam jangi yakunlaganidan so'ng darhol - 2022 yil fevral oyida boshlangan. Maxachev darhol Beneil Dariushga qarshi oktagonga chiqishga tayyorligini elon qildi (o'sha kuni kechqurun u Islamning raqibi bo'lishi kerak edi, ammo u jangdan bir necha hafta oldi).
Engil vazn taxtiga davogarni Xabib darhol qo'llab-quvvatladi va u Bobbi bilan jangdan oldin ham u Maxachevning kelajagini Uayt bilan muhokama qilganini aytdi:
«Dana Abu-Dabida katta shou o'tkazishni rejalashtirayotganliklarini aytdi va menimcha, o'sha erda Islam chempionlik kamari uchun kurashadi».
Voqealar juda tez o'tdi. Promoushenning qiziqishi va Xabibning so'zlari Maxachev tomonidan tasdiqlandi:
«Jangdan keyingi matbuot anjumaniga ketayotganimizda, Uayt qo'ng'iroq qilib: «Islam bunga loyiq. U chempionlik uchun kurashadi».
Ammo ko'p o'tmay Dana ananaviy tarzdagi o'ynini boshladi va Dariush bilan jang Maxachevning chempionlik poygasi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini va bu bahs rejalashtirilganidek, nomzodlar jangi bo'lishi kerakligini aytdi. SHu bilan birga, ko'plab jangchilar Islamning ehtimoliy chempionlik jangidan noroziligini bildirdi. SHuning uchun keyingi jang masalasi ochiq qoldi.
Ayni vaqtda Oliveyra va Getji o'rtasida may oyida bo'lib o'tgan jang qizg'in pallaga kirdi. To'qnashuvda CHarlz o'zining afsonaviy uslubida g'alaba qozondi.
Endi unga UFC qarorlariga ergashish emas, balki raqiblarni o'zi tanlash vaqti kelgandek tuyuldi. Albatta, Konor nomini o'tkazib yuborish mumkin emasdi. Oliveyra uchun Makgregor bilan katta miqdordagi pul uchun kurashish, Maxachev bilan jangda dunyoning eng yaxshilaridan biri sifatida yangi nomni xavf ostiga qoldirishdan ko'ra qiziqroq edi:
«Islam avvalo jiddiy raqiblar, nomdor jangchilar bilan kurashishi va shundan keyingina kamarga davogarlik qilishi kerak, deb hisoblayman. Haqiqat shuki, avvalo Maxachev Dariush bilan oktagonga chiqishi kerak. Ular kurashishlari kerak, shundan keyin biz ulardan biri bilan jang qilamizmi yoki yo'qmi, ko'ramiz. Maxachev juda zo'r va hurmatga loyiq, ammo Dariush ham oson raqib emas va uning ajoyib jamoasi bor. Bu katta jang bo'ladi, hammasi shu jangdan boshlangani yaxshiroq».
Xabib bir yozda o'ziga yaqin ikkita jangchini ko'tardi: Maxachev va ukasi
Xabib vaqti-vaqti bilan munozaraga aralashdi, chunki Islam otashin chiqishlar va treshtoking qilmas edi. Nurmagomedov esa keskinroq gapiradi va u mediada katta o'ringa ega. Maxachev uning homiyligida ekanligini hamma tushunadi, chunki Abdulmanap Nurmagomedov ham Xabib ketganidan keyin Islam chempion bo'lishini aytib, Islamga ishongan.
Nurmagomedov nafaqat Oliveyra-Maxachev jangini, balki manzil – Abu-Dabini ham talab qildi. Bu joy braziliyalikning bosh qarorgohiga to'g'ri kelmadi, u o'z vatanidagi tadbirga ko'z tikdi. Biroq, Xabib Maxachevni qo'llab-quvvatlashga shu qadar qattiq kirishdiki, Dana hatto unga etibor bermay ham boshladi:
«Xabib men xabarni o'qiganim lekin javob bermaganimni aytdi? Ha, shunday, lekin bu erda shaxsiy narsa yo'q. U va Ali Abdel-Aziz meni Islam Maxachev haqida savollar bilan bezovta qiladilar, lekin menda ularga javob yo'q. Men Beneil Dariush bilan Islam jangini tashkil qilmoqchiman. Hammasi shu», - dedi Uayt iyun oyida.
Ammo hech bo'lmaganda, Uayt aytganlarining yarmi amalga oshishi kerak edi. Ikki oy davomida CHarlz shartlar qo'ydi: Maxachev va Dariush o'rtasidagi nomzodlar jangi, Braziliyadagi turnir, ammo barchasi behuda. 16 iyul kuni nihoyat barchasiga nuqta qo'yildi: Oliveyra - Maxachev jangi bo'lib o'tadi, manzil Abu-Dabi. Muzokaralarda Xabibning jamoasi to'liq g'alaba qozondi.
Qizig'i, bu yoz Nurmagomedov yana bir muvaffaqiyatga erishdi.
Xabibning ukasi Usman garchi divizionning yuqori qismidagi raqiblarga qarshi kurashmagan bo'lsa ham Bellatorda kamarga sazovor bo'ldi. Tashkilot chempioni Patrisio Freyre ham buni Usmanning familiyasi bilan bog'ladi:
«Men u bilan jang qilishni istardim, lekin nazarimda, u chempionlik uchun kurashga loyiq emas. U chempionlik kamari uchun faqat - Nurmagomedov nomi kurashdi. Ana xolos. CHunki u hech qachon kuchli 10 likdagilar bilan jang qilmagan».
Albatta, Islam Maxachev chempionlik kamari uchun munosibroq, ammo MMA olamida Xabibning tasirisiz bu yo'l uzoqroqqa cho'zilgan bo'lardi, degan fikr bor.
Sarvinoz RAXMONQULOVA tarjimasi.
Fikrlar