28 sen 15:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Xakim Daudu Zubayraning ustidan kuldi
UFC jangchisi Xakim Daudu Zubayra Tuxugovni kechagi jang uchun keskin tanqid qildi.
“Jang uchun qattiq tayyorgarlik olib bordim va jismoniy holatim ajoyib edi. Birinchi raundda biroz ehtiyotkor jang qildim. Lekin ikkinchi va uchinchi raundda menda ustunlik bo'ldi. Tuxugov ikkinchi raunddan boshlab, mendan qochishni boshladi. U «yuguruvchi odam»! Muxlislarga ajoyib jang tashkil qilish istagida edim, biroq Zubayra barchasini barbod qildi. Buning uchun ulardan uzr so'rayman”,-dedi Daudu.
Eslatib o'tamiz, kecha bo'lib o'tgan UFC oqshomida Xakim Zubayrani ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar