16 dek 11:35
Yangiliklar

Xalqaro boks shon-shuhrat muzeyiga qabul qilinadigan charm qo'lqop ustalari malum
Bu uch bokschi ekspertlar guruhi tomonidan ovoz berish yo'li bilan aniqlandi. Davogarlar orasida to'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Migel Kotto va uch vaznda sobiq chempion Jeyms Toni ham bor edi. Ular etarlicha ovoz to'play olishmadi.
Malumot uchun, Vladimir Klichko uzoq yillar davomida superog'ir vazn toifasi qiroli bo'lgan. 2017 yilda Entoni Joshuaga yutqazganidan so'ng professional boksdagi faoliyatiga yakun yasagandi. Vladimirning akasi Vitaliy Klichko ham SHon-shuhrat zaliga qabul qilingan.
Andre Uord ikkita vaznda sobiq jahon chempiogni hisoblanadi. Faoliyatini engilmas bokschi sifatida tugatgan. So'nggi jangida rossiyalik Sergey Kovalyovdan ustun kelgan. Meyvezer esa faoliyati mobaynida 5 ta vazn toifasida jahon chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgan. So'nggi jangini 2015 yilda Andre Bertoga qarshi o'tkazgan. 2017 yilda Floyd boks qoidalari asosida tashkil etilgan shou maqomidagi jangda ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregorni mag'lub etgan edi.
Fikrlar